O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi
M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti
«Suyuqlik, gaz va gidrouzatish tizimlari mexanikasi» laboratoriyasi
Toshkentda avtotransport ifloslanishining raqamli egizagi: matematik model va sunʼiy intellekt
- 1Xojiqulov Shaxzod Shavkatjon o‘g‘liKatta ilmiy xodim, PhD
- 2Cho‘lliyev Shoxrux IbadullayevichStajyor tadqiqotchi
- 3Ravshanov Shoxijahon Akmaljon o‘g‘liTayanch doktorant
- 4Maratov Xushvaqt O‘tkir o‘g‘liTayanch doktorant
- 5Nosirova Namunabonu Azamat qiziTayanch doktorant
EcoHudud
Toshkentda avtomobillar chiqarayotgan ifloslanishni ko‘cha darajasida ko‘rsatadigan, oldindan aytadigan va kamaytirish yo‘lini hisoblab beradigan raqamli egizak
AQI · 0–500 shkala
Indeks havodagi ifloslantiruvchi moddalarni bitta sonda ifodalaydi: qancha katta bo‘lsa, havo shuncha zararli. 0–50 yaxshi, 51–100 o‘rtacha, 101–150 sezgir guruhlar uchun zararli, 150 dan yuqori hamma uchun zararli.
O‘zbekiston havosi dunyodagi eng iflos 10 mamlakat qatorida, avtomobillar soni esa 5 millionga yetdi
Avtomobillar ko‘paymoqda
~5 mln avtomobil, ko‘chalar sig‘imi esa o‘zgarmaydi. Eski dvigatellar va past sifatli yoqilg‘i.
Chiqindi 2–3 barobar oshadi
12 km/soatda 1 km uchun chiqindi 50 km/soatdagidan 2–3 barobar ko‘p.
Inversiya va kanyonlar
Kech kuz va qishda sovuq havo qatlami ifloslanishni yerga yaqin ushlab qoladi.
Chorrahalar, maktablar yonida
Transport chiqindisi 0–3 m balandlikda, odam nafas oladigan joyda chiqadi.
Ko‘cha darajasida maʼlumot yo‘q
Bir necha stansiya bor xolos. Qaysi ko‘cha va qaysi soat xavfli ekanini hech kim bilmaydi.
Nega aynan hozir va nega aynan avtotransport
Mavzuning dolzarbligi
- 39 µg/m³: Toshkentda 2025 yilgi o‘rtacha PM2.5, JSST me’yoridan 7.8 barobar ko‘p
- O‘zbekiston bir yilda dunyodagi eng iflos mamlakatlar ro‘yxatida 19-o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarildi
- Avtomobillar 4.98 mln ga yetdi, Toshkentda 637 706 ta; har kuni yana 160–300 ming avtomobil viloyatlardan kiradi
- Kuzda transport hissasi 25% gacha oshadi: hozir aynan shu davr
- 2025-yil noyabrda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tuzildi: havo sifati davlat ustuvorligiga aylandi
Loyihaning ahamiyati
- Aholi uchun: xavfli soat va ko‘chalar haqida 24 soat oldin ogohlantirish; maktab, bog‘cha va kasalxonalar himoyasi
- Davlat uchun: qaror taxmin bilan emas, raqam bilan qabul qilinadi: har bir choraning samarasi oldindan hisoblanadi
- Fan uchun: COMSOL va CFD tadqiqotlarini shahar miqyosidagi tezkor model bilan bog‘laydi, mahalliy ma’lumotlar bazasini yaratadi
- Xalqaro maqsadlar: BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari 3.9 (ifloslanishdan o‘limni kamaytirish) va 11.6 (shaharlarda havo sifati)
Ekologik mohiyati
- Transport chiqindisi 0–3 m balandlikda, odam nafas oladigan joyda chiqadi; zavod mo‘risidan farqli, u uy va maktab yonida
- PM2.5 o‘pka va qonga o‘tadi; NO₂ bolalarda astma qo‘zg‘atadi; NOₓ yozda ozon hosil qiladi; CO₂ iqlimni isitadi
- Qishki inversiya va baland binolar orasidagi ko‘chalar ifloslanishni qamab, mahalliy xavfli zonalar hosil qiladi
- Choralar bir vaqtda havoni, shovqinni va CO₂ ni kamaytiradi; yashil polosalar shahar issiqlik orolini ham pasaytiradi
Oxirgi 60 kun: ifloslanish tirbandlik soatlari va havo qatlami bilan birga o‘zgaradi
Sutka davomida: ish kuni va dam olish kuni
Ish kunlari kechqurun va ertalab ko‘tarilish: avtomobillar izi
Kunlik o‘rtacha: kuz kelishi bilan o‘sish
Havo qatlami past bo‘lsa, ifloslanish qamaladi
Mashinadan o‘pkagacha: to‘rt bog‘langan model, ustida sunʼiy intellekt
Oddiy tilda
Tenglamalarni o‘zingiz sinab ko‘ring: parametrni o‘zgartiring, natija darhol hisoblanadi
A. Tirbandlik → tezlik → chiqindi
Greenshields modeli va COPERT tipidagi EF(v)
B. Bitta mashinaning chiqindisi
Yoqilg‘i turi, Evro sinfi va tezlikka bog‘liq
| Modda | g/km | yiliga | elektrga nisbatan |
|---|
C. Ko‘chadan tarqalish (Gauss yechimi)
Gorizontal chiziq: 2 km ko‘cha. Rang: NO₂ ning JSST me’yoriga nisbati
- Istalgan mashinani bosing
- Chap paneldan chorani yoqing
- Shamol va soatni o‘zgartiring
Boshqaruv
08:00Chora-tadbirlar
Jonli ko‘rsatkichlar
ekrandagi hududKim ifloslantiryapti?
Matematik model yetmagan joyda AI: real maʼlumotdan o‘rganadi va keyingi 24 soatni bashorat qiladi
Aniqlik (oxirgi 10 kun, model ko‘rmagan)
O‘rtacha absolyut xato, µg/m³: kichik bo‘lsa yaxshi
AI nimaga tayanadi
Choralar kalkulyatori: har bir qarorning natijasi hayot, dollar va tonnalarda
Choralar darajasini tanlang
Har bir choraning ulushi (PM-ekvivalent kamayishi)
Simulyatsiyadagi xavfli nuqtalar (jonli)
Simulyatsiya ishga tushgach chiqadi
Qanday quriladi va o‘zini qancha vaqtda oqlaydi
Ilmiy-texnik amalga oshirish
- Ilmiy yangilik: fizik model va AI gibridi; Copernicus 10 km katakni ko‘cha darajasiga (50 m) aniqlashtiradi
- Mahalliy moslashuv: O‘zbekiston avtoparki (metan, propan, Damas, eski dizel) uchun emissiya koeffitsientlari
- Texnologiyalar: Python, FastAPI, PostgreSQL + PostGIS, MapLibre 3D, COMSOL bilan kalibrlash
- Tayyorlik darajasi: ishlaydigan prototip (MVP); keyingi qadam bir tumandagi pilot
Iqtisodiy samaradorlik
Bir tumandan butun shahargacha: 12 oyda boshqaruv tizimi
Pilot: Chilonzor
10 ta arzon PM/NO₂ sensori, trafik API, AI'ni real sensorga kalibrlash
Ogohlantirish
Telegram-bot va hokimlik paneli: ertangi xavfli soatlar va ko‘chalar
Boshqaruv
Svetoforlar va yuk rejimini prognoz asosida avtomatik boshqarish
Butun shahar
Barcha tumanlar, COMSOL bilan kalibrlangan kanyon modeli, ochiq API
Ekologik zona, yashil polosalar, xavfli nuqtalar ro‘yxati
Elektr avtobuslar, jamoat transporti yo‘nalishlari
Aqlli svetoforlar, yuk rejimi, ekologik tekshiruv
Sensorlar tarmog‘i, ochiq maʼlumotlar
Xavfli soatlar haqida ogohlantirish, “tanaffus ichkarida” signali